Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida nogironlarga yangi turar-joylar topshirildi
Foto: KUN.UZ
Qarshida kam ta'minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yangi turar joylar barpo etildi. Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Rayhona Sherovaning Kun.uz muxbiri Shuhrat Shokirjonovga bildirishicha, shaharda barpo etilgan yangi, 5 qavatli 7 ta uyda 1, 2 va 3 xonali 351 ta kvartira mavjud.
Anu shunday kulardan boshlang‘ich to‘lovi 100 foiz davlat tomonidan qoplangan holda, 5 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tantanali topshirildi.

R.Sherovaning aytishicha, uchinchi bosqichda uy-joy bilan ta'minlanayotgan ushbu nogironligi bo‘lgan insonlarning bir nafari tikuv mashinasi ham bilan ta'minlangan va o‘z uyida ish qilishi uchun unga buyurtmalar ham berilmoqda. Ularning yana uch nafari boshqa tashkilotlarda ishlashadi.
Tadbirda prezidentning davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov, viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev, shahardagi tashkilot va korxonalar vakillari, faollari va aholi vakillari ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
20:45 / 03.07.2020
Qarshidagi qulagan mehmonxona: uning qurilishi chindan ham noqonuniy edimi?
15:14 / 28.02.2020
Dilorom Toshmuhammedova: «Nogironlik holatiga tushganlar nima uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishda muammolarga duch kelishi kerak?»
15:00 / 28.02.2020
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bor-yo‘g‘i 3 foiziga xizmat ko‘rsatilmoqda – Senat
22:35 / 27.02.2020