U tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş va nogironlikni aniqlaş masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovini yuboriş dolzarbligini aytib ötdi.
“Taqdir taqozosi yoki hayotning muammolari sababli nogironlik holatiga tuşganlar nima uçun tibbiy körik ötiş, professional xizmatlarni oliş yoki özining mehnat faoliyati, ta'lim oliş va boşqa huquqlarini amalga oşirişda nima uçun muayyan qiyinçiliklarga duç kelişlari kerak?” - dedi Dilorom Toşmuhammedova.
U bolalar nogironligi böyiça öz fikrlarini bildirdi.
“13 foiz nogiron bolalarimiz maktablarga bormaydi. Yoş nogiron öğil-qizlarimizning uçdan biri heç qanday professional könikmaga ega emas. 2020 yil - Ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili deb e'lon qilingan ekan, bu sohada şaffoflikni ta'minlaş, internet va elektron texnologiyalarni joriy etiş, dunyo hamjamiyatida talab qöyilgan töliq statistika tizimini yuritişni yölga qöyiş vaqti kelmadimikan?” - dedi senator.
Uning fikriga köra, bu masalaga nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo deb qaraş kerak. Nogironligi bölgan şaxslarning reabilitatsiyasi qançalik yuqori saviyada bölsa, ularni soğlomlaştiriş böyiça muayyan işlar amalga oşirilsa, ularni iş bilan ta'minlab, jamiyatning faol iştirokçisiga aylantirilsa, kambağallik masalalari ham kamaytiriladi.

















