Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:08 / 02.01.2018
5872
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda «Tolibon»ning 20 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida «Tolibon» radikal harakatining 20 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda «Sinxua» viloyat ma'muriyati rasmiy vakili Umar Zvakka tayangan holda xabar bermoqda.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, 31 dekabr kuni Gereshk va Marja tumanlaridagi so‘nggi amaliyotlar hamda aviazarbalar natijasida 21 jangari o‘ldirildi, yana to‘rt nafari jabrlandi.
Ta'kidlanishicha, yo‘q qilinganlar orasida «Tolibon» radikal harakatining uch nafar mahalliy qo‘mondoni ham bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish