Jamiyat | 12:50 / 04.01.2018
24731
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Jizzaxda shoirlarga qo‘yilgan haykallar nuramoqda

Foto: Facebook / «Jizzaxliklar hamjamiyati»

Facebook’dagi «Jizzaxliklar hamjamiyati» guruhiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykalining nurayotgani aks etgan suratlar joylashtirildi.

«Suratlar ostidagi izohlarda esa foydalanuvchilar mazkur holat achinarli ekanligini, shoshma-shosharlik bilan bunyod etilgan haykallarga sifatli materiallar ishlatilmaganligini ta'kidlagan», deb xabar berdi «Sangzor.uz».

Mazkur yodgorlik tantanali tarzda 2017 yilning noyabr oyi boshida ochilgan edi. Haykallar sifatsiz xom ashyodan shoshma-shosharlik bilan yasalgani tufayli nurab tushmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan amalga oshirilgan mazkur yodgorlikni bunyod etish ishlari aprelda boshlangan edi. Juda ham qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar natijasida anchagina qarovsiz holga kelib qolgan xiyobon hududi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Quruvchilarning sa'y-harakati natijasida noyabr oyida ushbu hududda nafaqat haykal o‘rnatildi, balki Xo‘ja Nuriddin madrasasi rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylari, unga tutash binoda esa davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov muzeylari ish boshladi.

Ayni vaqtga kelib, bunyod qilinganiga ikki oy o‘tar-o‘tmas haykallar mana shunday ko‘rinishga kelib qolgan.

Foto: Facebook / «Jizzaxliklar hamjamiyati»
Foto: Facebook / «Jizzaxliklar hamjamiyati»

 

Mavzuga oid