Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi yangilangan tarkibi tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 13 avgustdagi 650-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi tarkibi

  • Z. Mahkamova – bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi;
  • lavozimi bo‘yicha – prezident maslahatchisi o‘rinbosari (kelishuv asosida);
  • I. Mirzaaliyev – Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri;
  • O. Abdullayeva – Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori;
  • A.Xo‘jayev – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (kelishuv asosida);
  • O. Nazarbekov – madaniyat vaziri;
  • Sh. Shermatov – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;
  • A. Ikramov – sportni rivojlantirish vaziri;
  • E. Bositxonova – sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari;
  • Sh. Turdiqulova – innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari;
  • Sh. Ayupov – Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori;
  • Sh. Egamberdiyev – Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori;
  • A. Nuriddinov – Badiiy akademiya raisi;
  • D. Kattaxonova – Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari;
  • M. Abbosova – Yoshlar ishlari agentligi direktori til masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori;
  • S. Saidov – Yozuvchilar uyushmasi raisi;
  • M. Xojimatov – Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari;
  • lavozimi bo‘yicha – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori;
  • N. Rahimova – “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori;
  • J. Shermuhammedova – Ma’naviyat va ma’rifat markazi ekspert kengashi a’zosi;
  • I. Tillaboyev – Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari;
  • M. Ulug‘ova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;