Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Tojikiston, Qirg‘iziston va Suriyaga gumanitar yordam sifatida pul ajratdi
Qozog‘iston hukumati Suriya, Tojikiston va Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun 662 million tenge ajratdi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.
Qozog‘iston Respublikasi hukumatining tegishli qarori 2017 yilning 20 dekabrida imzolandi va “Adolat” axborot-huquqiy tizimi saytida e'lon qilindi.
«Qozog‘iston Respublikasining Mudofaa va aerofazoviy sanoat vazirligiga Qozog‘iston Respublikasi hukumatining Qozog‘iston Respublikasi va boshqa davlatlar hududlaridagi tabiiy hamda texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun favqulodda zaxirasidan, 2017 yil uchun respublika byudjyetida nazarda tutilgan 662 mln 689 ming tenge miqdoridagi pul mablag‘larini 2016 yilda davlat moddiy zaxirasidan bronlangan moddiy boyliklar qiymatini qoplash uchun ajratilsin», - deyiladi hujjatda.
Xususan, qaror bilan Tojikistonga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 276 mln 790 ming tenge miqdorida mablag‘lar ajratildi. Qirg‘izistonga esa shu maqsadda 200 mln 281 ming tenge, Suriya Arab Respublikasiga - 185 mln 617 ming tenge taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026