Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi turoperatorlar bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik turlari, mehmonxona xonalarini elektron sotuvlari uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga imtiyozlar taqdim etish orqali mahalliy turoperatorlar va mehmonxonalarning turizm xizmatlari xalqaro bozorida raqobatbardoshligini oshirish niyatida.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning ta'kidlashicha, «bugungi kunda mahalliy turistik operatorlar va mehmonxonalar o‘zining xorijiy raqobatchilaridan saytlarida bronlash, ekvayring, xorijiy sayyohlar tomonidan O‘zbekistonga mehmonxona xizmatlari yoki turlarini sotib olishda elektron to‘lov imkoniyatining yo‘qligi tufayli ancha orqada. Bu vaziyatlar sabab turistlar, ayniqsa xususiy sayyohlar O‘zbekistonga turistik xizmatlarni o‘z saytlarida tegishli servislarga ega xorijiy turistik kompaniyalardan xarid qilishni ma'qul ko‘rmoqda.
Shuningdek, bu muammo ichki sayyohlarga ham taalluqli – so‘nggi vaqtlarga qadar saytida respublika fuqarosi turni, masalan Samarqandga onlayn-rejimda xarid qilib, to‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bironta ham sayyohlik kompaniyasi yo‘q edi. Yaqindagina Asiatour (www.turshop.uz) sayyohlik kompaniyasi tomonidan shunday xizmatlarga ega sayt sinov loyihasi sifatida ishga tushirildi. Qo‘mita bundan keyin ham turistik bozor ishtirokchilarining shunday tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bu muammoni bronlash, ekvayring, xarid qilinuvchi xizmatlarga elektron to‘lovni amalga oshirish va boshqa onlayn-servislarni, shuningdek o‘zining ko‘p tillik saytini tatbiq etayotgan turistik faoliyat sub'yektlariga soliqqa tortiluvchi bazadan IT-texnologiyalar joriy etilishiga ketuvchi xarajatlarni olib tashlash ko‘rinishida soliq imtiyozlarini taqdim etish yo‘li bilan hal qilishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026