Sport | 22:50 / 08.01.2018
29775
1 daqiqa o‘qiladi

Koutino «Barselona»da o‘ziga raqam tanladi

«Barselona»ning yangi a'zosi Filippe Koutino afsonaviy hujumchi Yohan Kroyfga tegishli bo‘lgan 14-raqamni tanladi, deb yozadi Sky Sports.

Ma'lumki, «Ayaks» va «Barselona» to‘purari 2016 yilda vafot etgan, Koutino esa uning muxlislaridan biri edi.

Ayni paytda, «Barselona»da 14-raqam ostida Xaver Maskerano to‘p suryapti. Biroq, u yanvar oyida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Koutino «Liverpul»da 10-raqam ostida to‘p surgan, ammo «Barselona»da bu raqam Lionel Messiga tegishlidir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid