Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yomon ob-havo sababli yopilgan Ostona aeroporti yana ishlashni boshladi
Yomon ob-havo sababli yopilgan Nursulton Nazarboyev nomidagi Ostona aeroporti yana ishlashni boshladi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov ma'lum qildi.
“Soat 18.00da Ostona aeroporti yana ishlashni boshladi”, deb aytgan Imankulov.
Avvalroq Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati Ostonadagi “Nursulton Nazarboyev” aeroporti o‘z ishini soat 17.00da boshlashini ma'lum qilgandi.
Qozog‘iston poytaxtida qor yog‘ishi va kuchli shamol tufayli 11 yanvarda favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilinib, aeroport yopilgan, maktablar va kollejlarda mashg‘ulotlar bekor qilingan, shahardan chiqish yo‘llari yopilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025