Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yadroviy arsenalini oshirishga tayyorlanmoqda, maxfiy hujjatlar ochiqlandi
AQSh Qurolli Kuchlari dengizda joylashadigan yadroviy jangovar zaryadning ikkita yangi turini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQShning yangi yadroviy doktrinasida bayon qilingan, uning ochiqlangan versiyasi juma kuni ma'lum bo‘ldi.
Hujjat izohida aytilishicha, gap suv osti kemalari ballistik raketalari uchun kichik quvvatli yadroviy jangovar kallakni ishlab chiqarish rejalari haqida ketmoqda. Bundan tashqari, dengizda joylashadigan qanotli yadroviy raketa nazarda tutilyapti. «AQSh tez orada suv osti kemalari ballistik raketalarining mavjud bo‘lgan jangovar kallaklari oz miqdorini modifikatsiya qiladi, bu kichik quvvatli variantga ega bo‘lish uchun kerak. Uzoq muddatli istiqbolda esa dengizda joylashadigan qanotli zamonaviy yadro raketasini yaratadi», - deyiladi hujjatda, uning matnini Huffington Post internet-nashri e'lon qildi.
Pentagon strateglari nuqtai nazaridan, qanotli bunday yangi raketa AQShga “mintaqada nostrategik (yadroviy) mavjudlikni” ta'minlash imkonini beradi. U Rossiya-Amerikaning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomasi qoidalarini buzmaydi, deya ma'lum qilishmoqda doktrina yaratuvchilari. Shu bilan bir vaqtda, ularga ko‘ra, bu raketa AQShning Moskva yuqoridagi shartnomani buzayotgani bo‘yicha ayblovi fonida javobiga aylanadi. «Rossiya shartnomaga rioya qilishga qaytsa, nostrategik yadro arsenalini qisqartirsa va o‘zining beqarorlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlarini to‘g‘rilasa, AQSh dengizda joylashadigan yangi qanotli yadro raketasini yaratish rejasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin», - deyiladi doktrinada.
AQSh prezidenti Donald Tramp uning tayyorlanish tartibi haqida o‘tgan yilning 27 yanvarida tegishli buyruq bergan. Ushbu hujjatning maxfiy varianti 64 betdan iborat. Taxminlarga ko‘ra, doktrina rasmiy ravishda yanvar oyi oxiri yoki fevral oyi boshida e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026