Jahon | 16:10 / 13.01.2018
16675
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ozarboyjonga maxsus bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh Ozarboyjon hukumatini jurnalist Afg‘on Muxtorlini ozod qilishga chaqirdi, u 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, deyiladi Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti bayonotida.

"Qo‘shma Shtatlar ozarboyjonlik jurnalist Afg‘on Muxtorli 12 yanvar kuni 6 yilga ozodlikdan mahrum etilganidan tashvishda. Xabarlarga ko‘ra, janob Muxtorli Gruziyada 30 may kuni o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik Ozarboyjonda kontrabanda hamda shunga bog‘liq bo‘lgan ayblovlar masalasi yuzasidan hibsga olingan. Ayblovlar siyosiy asosga ega, deb hisoblanmoqda", - deyiladi xabarda.

AQSh Ozarboyjon hukumatini janob Muxtorli va o‘zining asosiy erkinliklarini amalga oshirgani uchun qamalgan barchani ozod etishga chaqirgan.

Mavzuga oid