Fan-texnika | 11:55 / 13.01.2018
15368
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung maxfiy smartfoni haqida ma'lumot paydo bo‘ldi

Foto: Getty Images

Samsung korporatsiyasi Las-Vegasdagi CES 2018 ko‘rgazmasida yopiq uchrashuv o‘tkazdi, unda taxlama ekranga ega smartfon taqdim etilgan. Bu haqda The Investor uchrashuvda ishtirok etgan manbaga asosan xabar bermoqda.

«Samsung Display’ning ma'lum qilishicha, 7,3 dyuymli taxlama displeyni yaratgan va ishlab chiqarishni joriy yil oxirida boshlashni rejalashtirmoqda», - deya ma'lum qilgan manba.

Uchrashuvda ta'kidlashlaricha, mexanizm uzoq muddat ishlash imkoniga ega emas hamda mutaxassislar muammoga yechim topish ustida ishlashmoqda. Kutilishicha, taxlama ekranlarga ega smartfonlarni ishlab chiqarish 2018 yilning noyabrida boshlanadi, uni ishlab chiqish ishlari esa deyarli yakunlangan.

Samsung’dan Galaxy X nomi ostidagi egiluvchan smartfon haqida mish-mishlar anchadan beri bor. Uning taqdimoti 2016 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kutilgandi. Biroq, Galaxy Note7 modeli bilan bog‘liq muammolar tufayli taxlama smartfonning anonsi 2017 yilning oxiriga qoldirildi. Keyinchalik bu sana yana kechiktirildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurilma ekrani ikkala yo‘nalishda ham bukiladi, AMOLED-panelni esa zarar yetkazmagan holda 12 millimetrga cho‘zish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid