Texnologiya | 21:00 / 14.01.2018
7567
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone X’ga Home tugmasini qaytaruvchi gadjyet yaratildi

Xitoylik muhandislar iPhone X’ga Home (Uyga) tugmasini o‘rnatishga imkon beruvchi gadjyet yaratishdi. Bu haqda 9to5Mac portali xabar berdi

Gadjyet CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim qilingan va ta'kidlanishicha, u ko‘rgazmada namoyish qilingan qurilmalardan eng antiqasi va shu bilan birga, eng foydasi kami bo‘lgan.

Gadjyet smartfonga Lightning porti orqali ulanadi va foydalanuvchilar uchun tanish bo‘lgan tugmadan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilmada iPhone X’ga quloqchinlarni ulash uchun 3,5 mm.li raz'yom bor.

iPhone X 2017 yil 3 noyabrda sotuvga chiqqan. Apple ushbu smartfonni yaratishda Home tugmasidan voz kechgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid