AQŞning Apple kompaniyasi MacBook Pro 13 noutbuklarida hamda iPhone X smartfonlari işlaşida nuqsonlar va nosozliklar kuzatilayotgani haqida e'lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ma'lumotlarga köra, ayrim iPhone X telefonlarida displey tarkibiy qismining işdan çiqişi oqibatida sensor ekranda muammolar paydo bölişi mumkin. Işlab çiqaruvçining bayonot berişiça, smartfonlar ekranga tegilsa işlamasligi va aksinça, teginmaganda işlaşi mumkin. Kompaniyaning işontirişiça, şunday muammolarga duç kelgan iPhone X egalariga ekranlar bepul almaştirib beriladi.

Bundan taşqari, Apple 2017-yil iyulidan 2018-yil iyuniga qadar sotilgan ayrim MacBook Pro 13 noutbuklarining qattiq disklarida ma'lumotlar öz-özidan yöqolayotgani yoxud işlamay qolayotgani haqida bildirdi. Kompaniya bunday qurilmalar egalariga ham imkon qadar tezroq nosozliklarni bartaraf etiş maqsadida Apple servis markazlariga murojaat qilişni tavsiya qildi.











