Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ning qimmatbaho futbolchisi yana uzoq muddatga safdan chiqdi
Foto: Barca Blaugranes
«Barselona» hujumkor yarimhimoyachisi Usmon Dembele yana jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining son qismi jarohat olgan va endi uning tiklanishi uchun 3 haftadan 4 haftagacha muddat talab qilinadi.
3,5 oy davomida maydonga tusha olmagan futbolchi 4 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasidagi «Selta»ga qarshi uchrashuvda (1:1) ilk marta maydonga tushgandi. «Real Sosedad»ga qarshi Ispaniya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvida (4:2) u 25 daqiqa harakat qilib, yana jarohat oldi.
Joriy mavsumda Usmon Dembele La Liga doirasidagi bor-yo‘g‘i to‘rt uchrashuvda maydonga tusha oldi. Avgustda «Barselona» uning transferi uchun «Borussiya»ga 105 mln yevro to‘lagandi.
Mavzuga oid
00:10 / 29.12.2025
Dembele - Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:55 / 16.12.2025
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
22:11 / 14.12.2025