Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron cho‘kayotgan bolalarni qutqardi (video)
Foto: screenshot
16 yoshli Monti Grinsleyd va 17 yoshli Geyb Vidler Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Lennoks-Xed qishlog‘i yaqinida dengizda cho‘kib ketishlariga bir baxya qoldi. Biroq ularga dron yordamga kelgan.
O‘smirlar shelfda cho‘milish vaqtida baland to‘lqinlar sababli mustaqil ravishda sohilga suzib chiqa olishmagan. Bolalar qutqaruvchilar tomondan payqalgan, biroq jo‘shqin to‘lqinlar ularga bolalar yoniga qayiqda tez yetib borishga imkon bermagan. Shunda tajribaviy vositani qo‘llashga qaror qilingan: bolalarga yordamga kichik o‘lchamli kvadrokopter jo‘natilgan. Unga kichik o‘lchamli, shishuvchi qutqaruv vositasi mahkamlangan.
The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, dron qutqaruvchilar va o‘smirlarni ajratib turgan bir kilometrlik masofani 35 soniyada bosib o‘tib, havodan bolalarga qutqaruv vositasini tashlagan. Natijada to‘lqinlar bilan kurashib charchagan bolalar biroz dam olib, sohilga ancha yaqin suzib kelishga muvaffaq bo‘lishgan.
BBC’ning ma'lum qilishicha, shtat rahbariyati turli vazifalarni bajaruvchi dronlar flotiliyasini sotib olishga 430 ming Avstraliya dollari (340 ming AQSh dollari) sarflashini e'lon qilgan. Misol uchun, bu dronlardan ba'zilari akulalarni aniqlashda yordam beradi.
Mavzuga oid
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
15:32 / 25.12.2025
Ukraina dronlari Tula viloyatidagi zavodga hujum qildi
13:00 / 25.12.2025
Krasnodar o‘lkasida dron zarbasidan keyin neft mahsulotlari yonib ketdi
10:31 / 23.12.2025