Jahon | 11:49 / 18.01.2018
3722
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Tojikistonga insonparvarlik yordami uchun 4 million dollar ajratadi

Foto: rusevik.ru

Qozog‘iston Tojikistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi. Hukumatning tegishli qarori mamlakat bosh vaziri Bakitjan Sagintayev tomonidan imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligiga Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar hududida tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun 2018 yilga mo‘ljallangan respublika byudjyetida nazarda tutilgan hukumatning favqulodda zaxiralaridan 1 milliard 286 million 735 ming tenge (3 mln 959 ming dollar) miqdorida pul ajratish vazifasi topshirildi. Bu mablag‘lar Tojikistonga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun 10 ming tonna miqdorida mazut xarid qilish uchun sarflanadi.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy insonparvarlik yordamini oluvchini aniqlashi va uni ko‘rsatish bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishi kerak.

Mamlakat Sarmoyalar va rivojlanish vazirligi Tojikistonga gumanitar yukni yetkazib berish uchun temir yo‘l transportini o‘z vaqtida ajratish va yetkazib berishni ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid