Jahon | 10:47 / 18.01.2018
6384
1 daqiqa o‘qiladi

«Tramp 20 mlrd dollarlik devor g‘oyasidan voz kechmadi» - Oq uy 

Foto: Reuters

Oq uy apparati rahbari Jon Kellining Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Meksika bilan chegarada devor qurish AQShga taxminan 20 mlrd dollarga tushadi.

Uning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp devor qurish va buning uchun Meksikadan mablag‘ olish bo‘yicha g‘oyasidan voz kechgani yo‘q. Biroq, Kellining so‘zlariga ko‘ra, devor uchun pullar Meksika hukumatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinmasligi mumkin. Tramp ayni damda pullarni NAFTA yoki viza to‘lovlari orqali olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Tramp ma'muriyati Meksika bilan chegarada devor qurishning dastlabki bosqichi uchun kongressdan 18 mlrd dollar ajratishni so‘ragani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid