O‘zbekiston | 10:05 / 20.01.2018
326428
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Aqto‘be fojiasining asl sabablarini ma'lum qildi

Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilgani, Aqto‘beda yurtdoshlarimiz vafot etganidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta'ziya bildirgani xabar qilingandi. Maqbaraga ziyorat chog‘ida marhumlar haqiga duo qilindi. 

«Kechagi bo‘lgan falokat ham odamga ko‘p narsadan dalolat beradi. Xalqimiz oldida hali juda-juda qarzimiz ko‘p. Odamlarimizga sharoit yaratmaganimiz uchun ular begona yurtlarga borib, ish qidirib yurganlari, bu albatta, davlatchilik, davlat rahbariyati nuqtai nazaridan, hamma tizimdagi rahbarlarga bu – eng katta xato va kamchiliklarimizni o‘z vaqtida hal qilmaganimizdan dalolat. Shuning uchun ular begona yurtlarda sarson-sargardon. Bechora, ularning ham umidi bor edi, ne niyatlar bilan bolamni boqaman, otamga bir so‘m olib kelaman, deb mana... Yosh-yosh yigitlar deyishyapti... Hammasi o‘zbekistonliklar... Albatta, juda katta qayg‘udamiz, ota-onalarga hamdardlik yubordik», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV Aqto‘be fojiasida halok bo‘lgan 49 fuqaro ro‘yxatini e'lon qilgani xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasida Aqto‘beda halok bo‘lganlar haqiga duo qildi

 

Mavzuga oid