Şavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilgani, Aqtöbeda yurtdoşlarimiz vafot etganidan çuqur qayğuda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta'ziya bildirgani xabar qilingandi. Maqbaraga ziyorat çoğida marhumlar haqiga duo qilindi. 

«Keçagi bölgan falokat ham odamga köp narsadan dalolat beradi. Xalqimiz oldida hali juda-juda qarzimiz köp. Odamlarimizga şaroit yaratmaganimiz uçun ular begona yurtlarga borib, iş qidirib yurganlari, bu albatta, davlatçilik, davlat rahbariyati nuqtai nazaridan, hamma tizimdagi rahbarlarga bu – eng katta xato va kamçiliklarimizni öz vaqtida hal qilmaganimizdan dalolat. Şuning uçun ular begona yurtlarda sarson-sargardon. Beçora, ularning ham umidi bor edi, ne niyatlar bilan bolamni boqaman, otamga bir söm olib kelaman, deb mana... Yoş-yoş yigitlar deyişyapti... Hammasi özbekistonliklar... Albatta, juda katta qayğudamiz, ota-onalarga hamdardlik yubordik», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, avvalroq FVV Aqtöbe fojiasida halok bölgan 49 fuqaro röyxatini e'lon qilgani xabar berilgandi.

Şavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasida Aqtöbeda halok bölganlar haqiga duo qildi