Aqtöbe viloyati akimi Asxat Şaxarov bilan uçraşuv davomida, Samarqandda bölib ötgan Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi, qişloq xöjaligi, sanoat, turizm, özaro savdo sohalaridagi hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş kabi keng kölamli masalalar muhokama qilindi.
Muloqot çoğida, Asxat Şaxarov Aqtöbe viloyatining mamlakat bilan özaro savdo aylanmasi 2024 yilning 10 oyida 40 million AQŞ dollarini taşkil etganligini ta’kidlab, turizm, gastronomik, tibbiy, tarixiy, madaniy va qişloq xöjaligi yönalişlarida hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakuniga köra, 2025 yilning birinçi çoragida Aqtöbe va Navoiy viloyatlari delegatsiyalarining özaro taşriflarini işlab çiqiş, turizmni rivojlantiriş böyiça yöl xaritasini imzolaş, hududga mamlakatdan meva-sabzavot mahsulotlari va quriliş materiallari yetkazib berişni yölga qöyiş, Özbekiston va Aqtöbe örtasida muntazam reyslarni taşkil qiliş imkoniyatlarini örganiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Viloyatga taşrif doirasida Kudaybergen Jubanov nomidagi Aqtöbe mintaqaviy universiteti prorektori Raxim Beknazarov bilan ham uçraşuv ötkazildi.
Suhbat çoğida prorektor Özbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiliş va ikki tomonlama ta’lim tizimini işga tuşiriş, mamlakatimizdagi ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari bilan talabalar hamda öqituvçilar uçun almaşinuv dasturlarini taşkil qiliş borasida takliflarni ilgari surdi.
Diplomatik missiya rahbari, şuningdek, Aqtöbe viloyati tadbirkorlar palatasida quriliş, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, logistika kompaniyalari rahbarlari va viloyat işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

















