Sport | 22:40 / 20.01.2018
11365
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi Olimpiadaga qancha shimollik sportchi borishi ma'lum qilindi 

Foto: Reuters

Pyongchangdagi Olimpiadada 20dan ko‘proq shimoliy koreyalik sportchi ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi. 20 yanvarda XOQ Lozannadagi yig‘ilishda shimollik sportchilarning Olimpiadaga qo‘yilishini muhokama qildi. Yonhap axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 21 yanvarda Janubiy Koreyaga Pxenyandan tayyorgarlik ko‘rish guruhi keladi.         

19 yanvarda Shimoliy Koreya to‘satdan o‘z delegatsiyaning Seulga safarini bekor qilgan va muzokaralar taqdiri mavhum qolgan. XOQ rahbariyati Lozannadagi uchrashuvdan oldin bu muzokaralarga katta umid bog‘lagandi. Bax muzokaralarni “Olimpiya harakatining buyuk lahzasi” deb atagan va Olimpiada “tinch muloqotga eshik ochishiga” umid qilgan.

XOQ yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Olimpiadada Shimoliy Koreyadan 22 sportchi sportning 3 turi va 5 yo‘nalishida ishtirok etishini ma'lum qilgan. Bax, shuningdek, janublik va shimollik sportchilar bir jamoada ishtirok etishlarini tasdiqlagan.  

Foto: Reuters

Shimollik sportchilarga 24 nafar rasmiy shaxs hamrohlik qiladi. Olimpiada ochilishida ikki davlat sportchilari “Koreya” nomli jamoa va bir bayroq ostida birga yurib o‘tishadi. 

Ma'lum qilinishicha, 21 yanvarda Janubiy Koreyaga jo‘naydigan guruhga “Moranbon” ansambli yetakchisi Xen Son Vol boshchilik qiladi. Taxmin qilinishicha, ushbu ansambl Olimpiada qo‘shiq ijro etishi mumkin.

Ikki davlat vakillari Olimpiadaning ochilishi marosimida Turindagi 2006 yilgi qishki Olimpiadadan keyin ilk bor bir jamoa bo‘lib o‘tadilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid