Sport | 08:48 / 22.01.2018
11804
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» «Betis»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Foto: La Liga

«Betis» Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qildi. «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan bahs mehmonlarning 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kataloniya jamoasi safida hujumchilar Lionel Messi va Luis Suares dubl qayd etgan bo‘lsa, Ivan Rakitich yana bir golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Shu tariqa, «Barselona» Primerada qatorasiga oltinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi, shuningdek, mamlakat chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyani uzaytirdi.

«Barselona» (54 ochko) Ispaniya chempionati turnir jadvalining birinchi o‘rnida ketmoqda, «Betis» (27) – 10-pog‘onada.

Betis – Barselona 0:5 (0:0, 0:5)
Gollar
: 0:1 – 59 Rakitich, 0:2 – 64 Messi, 0:3 – 69 Suares, 0:4 – 80 Messi, 0:5 –89 Suares.
Betis – Adan, Garsiya (Budebuz, 77), Mandi, Feddal, Gerrero, Fabian Ruis(Kamarasa, 88), Guardado, Durmisi, Sanches, Leon (Ruben Kastro, 73), Telo.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Vermalen (Umtiti, 43), Alba, Serdji Roberto, Buskets (Deulofeu, 81), Rakitich, Andre Gomesh(Paulino, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (21), Durmisi (51), Suares (67), Feddal (67).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid