Iste'molchilar arizasiga binoan 4,3 mlrd so‘mdan ortiq zarar qoplandi
2017 yilda iste'molchilardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarning 12 976 tasi, ya'ni 91,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida ularning foydasiga jami 4 milliard 397 million 410 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi majlisida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Federatsiyaning tuman (shahar) jamiyatlari iste'molchilardan tushgan jami 393 ta murojaatni (ariza, taklif va shikoyat) ular manfaatini ko‘zlab, nazorat organlariga o‘tkazdi. Ularning ijobiy hal etilishi natijasida esa iste'molchilar foydasiga 145 547,5 ming so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
Umuman olganda, o‘tgan yilning 12 oyi davomida federatsiya, uning hududiy tuzilmalari va tuman (shahar) jamiyatlariga iste'molchilardan jami 14 127 ta (7 947 ta (56,3foiz) yozma, 6 064 ta (42,9 foiz) og‘zaki hamda federatsiyaning virtual qabulxonasi va yagona davlat interaktiv portaliga 116 ta (0,8 foiz) elektron murojaat (ariza, taklif va shikoyat) kelib tushgan.
Ta'kidlash joizki, iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi tabiiy gaz ta'minoti (4 389 ta – 31,1 foiz), savdo (3 320 ta – 23,5 foiz), elektr ta'minoti (2 201 ta – 15,6 foiz), kommunal xizmat ko‘rsatish (742 ta – 5,3 foiz), suv ta'minoti (506 ta – 3,6 foiz), transport (273 ta – 1,9 foiz), aloqa (317 ta – 2,2 foiz), sog‘liqni saqlash (264 ta – 1,9 foiz) va boshqa sohalarga 2 115 ta (15,0 foiz) taalluqli.
2017 yilgi ariza va shikoyatlar soni 2016 yil bilan solishtirganda 4 219 taga ko‘pdir.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:15 / 05.09.2024
Poyezdlar to‘xtab turganida ham konditsioner o‘chmaydigan bo‘ladi - O‘TYY rahbari
23:02 / 26.08.2024