Buxoro viloyatida AYoQŞdan xarid qilingan benzin avtomobilning nosoz holatga kelişiga sabab böldi. Raqobat qömitasining aralaşuvi bilan, iste’molçiga yetkazilgan 14 mln 400 ming sömga yaqin zarar qoplab berildi.

Qömita matbuot xizmati xabariga köra, iste’molçi “Narzulloobod Javohiri” xususiy korxonasiga tegişli yoqilği quyiş şoxobçasidan olingan 10 litr AI-95 benzin sababli avtomobilida nosozlik yuzaga kelganidan şikoyat qilgan.

Şundan keyin Raqobat qömitasining hududiy boşqarmasi, servis xulosasi asosida, korxonaga nisbatan iş qözğatgan va avtomobilga yetkazilgan 14,4 mln sömlik zarar iste’molçiga qoplab berilişi ta’minlangan.

Iste’molçilar huquqlarini himoyalovçi organ avtomobil egalarining manfaatlari himoya qilinganiga oid boşqa holatlar haqida ham ma’lumot berdi.

Motori nosoz Tracker

Iste’molçi “Jizzax Avto Savdo” MÇJdan xarid qilgan Chevrolet Tracker Premier Plus avtomobilining motorida nuqson aniqlanganidan şikoyat qildi. Raqobat qömitasining Jizzax viloyati boşqarmasi topşiriğiga köra, avtosalon nuqsonli avtomobilni xuddi şu narxdagi yangi avtomobil bilan almaştirib berdi.

Akkumulyatori nosoz Onix

Iste’molçi “Billur Avto Savdo Navoiy” MÇJdan xarid qilgan Onix avtomobilining old eşik qoplamasida nuqsonlar bölgan, akkumulyatori esa nosoz holatda edi. Raqobat qömitasining Navoiy viloyati boşqarmasi avtosalon tomonidan nuqsonlar bartaraf etilişi va akkumulyator sifatlisiga almaştirilişini ta’minladi.

Nuqsonli Damas

Çinoz tumanida yaşovçi fuqaro “Toshkent Deu” MÇJdan Damas-2 D2 Style Plus avtomobilini xarid qilgan, lekin maşinada nuqsonlar borligiga qaramay, uni sifatlisiga almaştirişda muammoga uçragan. U Raqobat qömitasiga murojaat qilgaç, Toshkent viloyati boşqarmasi fuqaroning maşinasini xuddi şu rusumdagi yangisi bilan almaştirgizib berdi.