Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya musulmonlari xalqaro faoliyatini yuqori baholadi
RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmonlarining markazlashgan diniy tashkilotlari olib borayotgan xalqaro faoliyatga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
U bu haqda Rossiya musulmonlari markazlashgan diniy tashkilotlari muftiylari hamda Bolgariya islom akademiyasi rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Xalqaro faoliyatga keladigan bo‘lsak, mening fikrimcha, bu juda qiziqarli, juda to‘g‘ri yo‘nalish. Sizlarga yordam va qo‘llab-quvvatlov borasida bekorga murojaat qilmayman, bu bizning boshqa davlatlardagi ma'rifiy ishlarimizga aloqador», - deya aytib o‘tdi u.
O‘z navbatida, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Muftiylar kengashi raisi Ravil Gaynutdinning xabar berishicha, Rossiya musulmonlari tashkilotlari o‘z mamlakati manfaatini nafaqat uning ichida, balki MDH davlatlari, musulmonlar dunyosi va Yevropa mamlakatlarida ham ilgari suradi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
10:05 / 03.07.2026