Rossiyaliklarning Vladimir Putinga işonç darajasi bir haftada 3,4 foiz bandga pasaydi va 73,3 foizni taşkil etdi. Bu Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi (VsIOM) tomonidan 22 iyundan 28 iyunga qadar ötkazilgan sörov natijalarida aks etgan.

«Agenstvo» naşri e’tibor qaratişiça, bu uruş boşidan buyon Putinning reytingidagi eng tez pasayiş böldi. Joriy yildagi bundan oldingi eng tez pasayiş aprel oyi boşida kuzatilgan, öşanda prezidentga işonç reytingi bir hafta içida 1,8 foiz bandga pastlagandi. 

Sörov iştirokçilarining 66,9 foizi Putinning prezident sifatidagi faoliyatini ma’qullagan – bu bir hafta avvalgidan 3,5 foiz bandga kam. Oxirgi marta prezidentning ma’qullaş darajasi 2024 yil avgust oyida şunçalik pasaygan edi. Respondentlarning 21,3 foizi esa Putinning faoliyatini ma’qullamaydi (bir hafta oldin bu körsatkiç 19,7 foiz edi).

«Jamoatçilik fondi» ötkazgan yangi sörov esa Putinning faoliyatini sörovnoma iştirokçilarining 70 foizi ijobiy baholaşini körsatgan. Bu bir hafta oldingiga qaraganda 1 foiz bandga kam. Şu bilan birga, Putinga işonç darajasi bir hafta davomida 2 foiz bandga ösgan – 69 foizdan 71 foizga.

Rossiyadagi ijtimoiy xizmatlar (Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi hamda «Jamoatçilik fondi») 2026 yil bahoridan RF prezidenti reytingida pasayişni qayd eta boşlagandi. Rossiyadagi yoqilği inqirozi fonida reytinglar pasayişi davom etmoqda.

Amerikaning Gallup tadqiqot kompaniyasi ham 2026 yil martidan may oyiga qadar davrda rossiyaliklar orasida sörov ötkazgan. Unga köra, rossiyaliklarning 60 foizi öz yaşaydigan şaharda yoki regionda iqtisodiy holat yomonlaşmoqda, deb hisoblaydi. Bu esa sönggi 20 yillikdagi eng maksimal körsatkiç hisoblanadi (kompaniya bu kabi sörovlarni 2006 yildan ötkaza boşlagan).