Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FF endi yo‘q. O‘rniga Assotsiatsiya tashkil etiladi
Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilinmoqda.
«Kun.uz» muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston futbol federatsiyasi () O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘zgargani ma'lum qilingan.
Konferentsiya delegatlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi tashkiliy huquqiy jihatdan O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga o‘zgartirilishiga bir ovozdan rozilik bildirishgan.