Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Haydarov finaldagi rejalari haqida gapirdi
Foto: Getty Images
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finali uchrashuvi oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz musobaqada hozirgacha beshta o‘yin o‘tkazdik va ularning har biri o‘zgacha bir tarix. Albatta, har qanday o‘yin o‘ziga yarasha saboq bo‘lishi mumkin, masalan, qilgan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilishimiz lozim. Ammo biz ortda qolgan o‘yinlar bilan to‘xtab qolishimiz yaramaydi. Ularni unutib, e'tiborni shanba kuni bo‘ladigan finalga qaratishimiz kerak.
Ayni paytda bor e'tiborimizni finalda Vetnamni yutishga qaratganmiz. Biz faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Barcha jamoalar finalda o‘ynashni orzu qiladi, chunki bu juda muhim musobaqa. Final og‘ir kechishini payqash qiyin. Raqib ham o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Bunday musobaqalarda kuchsiz jamoa o‘zidan-o‘zi finalga chiqib qolmaydi», deya Haydarovning so‘zlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.
Mavzuga oid
21:44 / 14.10.2025
O‘zbekiston yoshlari Qozog‘istonni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi
21:27 / 09.09.2025
O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
17:17 / 26.12.2023
Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi. O‘FA yil laureatlarini e’lon qildi
12:20 / 08.09.2023