Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 400 nafar terrorchi yo‘q qilindi - Turkiya
Foto: Reuters
Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrinidagi «Zaytun novdasi» amaliyoti davomida qariyb 400 nafar terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda Anadolu mamlakat bosh shtabiga tayangan holda xabar bermoqda.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, turk harbiy xizmatchilari amaliyotning yetti kuni davomida 394 terrorchini yo‘q qilgan va Suriya shimoli-g‘arbidagi 340 obektga zarbalar bergan.
«Turkiya armiyasi Afrindagi tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda», - deya ta'kidlanadi mahkama bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li AQShni Suriyadagi qurollangan kurdlar tuzilmalari masalasi bo‘yicha berilgan barcha va'dalarni buzishda ayblagandi.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026