Avstriya prokuraturasi 64 yoşli sobiq maxsus xizmatlar generali Xolid al-X. va 54 yoşli sobiq jinoyat qidiruv politsiyasi xodimi Musaba Abu R.ni muxolifatçilarga nisbatan qiynoq qöllaş, oğir tan jarohati yetkaziş hamda jinsiy zöravonlik qilişda ayblamoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, ayrim holatlarda ular şaxsan mahbuslarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölgan, boşqa holatlarda esa bunday harakatlarga buyruq bergan.
Işda prokuraturaga yordam berayotgan Germaniyaning Konstitutsiyaviy va inson huquqlari böyiça Yevropa markazi (ECCHR) ma’lum qilişiça, sobiq general Asad rejimi vakillari orasida Yevropada qölga olingan eng yuqori lavozimli şaxs hisoblanadi.
Ma’lum qilinişiça, general 2015 yilda Isroil va Avstriya örtasidagi kelişuv doirasida Venaga olib kelingan. Biroq u sudga tortiliş örniga Avstriyada qoçqin maqomini olgan. Ikkinçi ayblanuvçi ham mamlakatda qoçqin sifatida yaşab kelgan.
Har ikki ayblanuvçi öz aybini tan olmagan. Agar aybdor deb topilsa, ular 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Avstriya qonunçiligiga muvofiq, ayrim jinoyatlar mamlakat hududidan taşqarida sodir etilgan bölsa ham, ular böyiça jinoiy ta’qib olib borilişi mumkin.
Kelgusi haftalarda sudda 18 nafar jabrlanuvçi körsatma beradi. Ular 2011–2013 yillarda Raqqa şahrida hukumatga qarşi namoyişlar bostirilgan paytda ayblanuvçilar harakatlaridan jabr körganini bildirmoqda.

















