Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish boshlanmoqda
Foto: Ptero.ru
«O‘zbekoziqovqatxolding» XK ilk «Ptero G1» uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini qabul qilib oldi. Ayni damda ushbu tizimlar hujjatlarini rasmiylashtirish va sinov jarayoni davom ettirilmoqda. Bu haqda XK axborot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, «Bespilotnyye texnologii» MChJ kompaniyasi uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:
Qishloq xo‘jaligida:
- qishloq xo‘jaligi yer maydonlari monitoringi va o‘lchovini olib borish, shu jumladan sabzavot, poliz ekinlari, uzum, kartoshka hamda bog‘lar;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum, kartoshka va bog‘larning unib chiqishi hamda yetilishini baholash, shuningdek, ularning rivojlanish sur'atlarini kuzatish;
- fermer va dehqon xo‘jaliklaridan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari hamda uzumni davlat buyurtmasi bo‘yicha xarid qilish borasida shartnomalar bajarilishini monitoring qilish;
- haydaladigan yerlar va bo‘sh turgan yer maydonlarini aniqlash;
- yer holatini baholash;
- kutilayotgan hosilga erishish uchun agrotexnologik ishlar kompleksini rejalashtirish va boshqalar.
Mavzuga oid
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:16 / 05.04.2026
Xitoyda dunyodagi eng og‘ir yuk tashuvchi dron sinovdan o‘tkazildi
21:33 / 30.03.2026
Eronning arzon dronlari qanday qilib urush olib borish usullarini o‘zgartiryapti?
13:10 / 24.03.2026