«Özbekoziqovqatxolding» XK ilk «Ptero G1» uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini qabul qilib oldi. Ayni damda uşbu tizimlar hujjatlarini rasmiylaştiriş va sinov jarayoni davom ettirilmoqda. Bu haqda XK axborot xizmati xabar berdi.
Bundan taşqari, «Bespilotnyye texnologii» MÇJ kompaniyasi uçuvçisiz aviatsiya tizimlarining quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:
Qişloq xöjaligida:
- qişloq xöjaligi yer maydonlari monitoringi va ölçovini olib boriş, şu jumladan sabzavot, poliz ekinlari, uzum, kartoşka hamda boğlar;
- qişloq xöjaligi ekinlari, şu jumladan sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum, kartoşka va boğlarning unib çiqişi hamda yetilişini baholaş, şuningdek, ularning rivojlaniş sur'atlarini kuzatiş;
- fermer va dehqon xöjaliklaridan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz mahsulotlari hamda uzumni davlat buyurtmasi böyiça xarid qiliş borasida şartnomalar bajarilişini monitoring qiliş;
- haydaladigan yerlar va böş turgan yer maydonlarini aniqlaş;
- yer holatini baholaş;
- kutilayotgan hosilga erişiş uçun agrotexnologik işlar kompleksini rejalaştiriş va boşqalar.












