Sport | 23:30 / 28.01.2018
6508
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Kubogi. «Manchester Siti» ishtirokini davom ettiradi

«Manchester Siti» Angliya Kubogining 1/16 finalida «Kardiff Siti» ustidan g‘alaba qozondi. Kardiffdagi «Kardiff Siti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 8-daqiqasida Kevin De Bryuyne standart vaziyatdan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Danilo qanotda Bernardu Silva bilan kombinatsiya uyushtirib, raqib himoyasini yorib o‘tdi va qulay vaziyatda turgan Rahim Sterlingni zarba berish holatiga chiqardi - 2:0.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi.

Bu g‘alaba evaziga «Manchester Siti» Angliya Kubogining nimchorak finaliga chiqdi, «Kardiff» turnirni tark etdi.

Angliya Kubogi
1/16 final

Kardiff – Manchester Siti 0:2
Gollar: 0:1 – 8 de Bryuyne, 0:2 – 37 Sterling.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Paterson, Bennett, Manga, Mendes-Leyng (Fini, 78), Gruyich, Xoylett, Rolls, Richards, Zoxore (Pilkington, 67).
Manchester Siti – Bravo, Kompani, Danilo, Uoker, Otamendi, Sterling, de Bryuyne, Bernardu Silva, Gundo‘g‘an, Sane (Aguero, 46), Fernandino.
Ogohlantirishlar: Bennett (45), Manga (77).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid