Sport | 01:41 / 29.01.2018
53716
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Toshkent ko‘chalarini aylanishdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘oliblari - O‘zbekiston U23 terma jamoasi a'zolarini kutib olindi.

Foto: Chempionlar kutib olindi

Xitoydan charter reys orqali uchib kelgan futbolchilar aeroportdagi kutib olish marosimidan keyin ikki qavatli avtobuslarga chiqishdi va poytaxtning markaziy ko‘chalaridan bayramona yurish bilan o‘tib, «O‘zbekiston» mehmonxonasiga borishdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi. 

Mavzuga oid