Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Xitoyda ötkazilgan Osiyo çempionati ğoliblari - Özbekiston U23 terma jamoasi a'zolarini kutib olindi.

Foto: Çempionlar kutib olindi

Xitoydan charter reys orqali uçib kelgan futbolçilar aeroportdagi kutib oliş marosimidan keyin ikki qavatli avtobuslarga çiqişdi va poytaxtning markaziy köçalaridan bayramona yuriş bilan ötib, «Özbekiston» mehmonxonasiga borişdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.

Özbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida ötgan Osiyo çempionati finalida Vetnam terma jamoasini qöşimça vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mağlub etib, Osiyo çempioni böldi.