Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘oliblari - O‘zbekiston U23 terma jamoasi a'zolari kutib olindi.
Shundan so‘ng chempionlar poytaxtning markaziy ko‘chalaridan bayramona yurish bilan o‘tib, «O‘zbekiston» mehmonxonasiga borishdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.


Mehmonxona hovlisida chempionlarni rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. So‘ngra futbolchilarning har biriga prezident sovg‘alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etildi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:26 / 02.10.2025
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi raqiblarini bilib oldi
21:27 / 09.09.2025
O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
00:12 / 04.05.2024