Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimorbozlar ushlandi
Qimor o‘ynash milliy qonunchilikda ham, muqaddas dinimizda ham taqiqlangan. Biroq, nurotalik Sh.Sh. na unisini, na bunisini pisand etmaydiganlardan chiqib qoldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Biror ishning boshini tutmagan “qahramonimiz”ning qilmishlari joriy yil 9 yanvar kuni ichki ishlar organlari tomonidan tumanda o‘tkazilgan “Kompleks” tadbiri davomida fosh etildi. U o‘z uyida qimor o‘yini tashkil etib, 150 ming so‘m evaziga 6 nafar qimorbozga sharoit yaratib beradi. Tekshirishlar davomida qimorxonadan 120 dona karta, 4 million so‘m pul, 400 AQSh dollari va ijara haqi bo‘lgan 150 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olib, rasmiylashtirildi.
Ijtimoiy xavfli qilmishi sabab Sh.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026