Jahon | 21:50 / 30.01.2018
16626
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada eng ko‘p o‘g‘rilanuvchi mashinalar ro‘yxati tuzildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Avtomobillar va ko‘chmas mulk uchun xavfsizlik tizimlarini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi “Tsezar Satellit” kompaniyasi tahlilchilari Rossiyada 2017 yilda eng ko‘p o‘g‘irlangan mashinalar ro‘yxatini tuzishdi.  

Reytingda “Lada” “yetakchilik” qilmoqda: o‘tgan yil bu markadagi mashinalardan 5756 ta o‘g‘irlangan. 2-o‘rindan Toyota va 3-o‘rindan Hyundai joy olgan, bu mashinalardan mos ravishda 3797 ta va 2056 ta o‘g‘irlangan.

Eng ko‘p o‘g‘rilanuvchi mashinalar beshtaligidan Kia (1890) va Nissan (1197) ham joy olgan. Ro‘yxatda umumiy hisobda 20 ta kompaniya mashinalari keltirilgan. Reytingning oxirgi o‘rinlarini Chevrolet, Land Rover, Audi va UAZ markalari egallagan, bu mashinalardan o‘rtacha 350 tadan o‘g‘irlangan.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bir yil ichida Rossiyada 34 mingta mashina o‘g‘irlangan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid