Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev: Tezroq harakat qilishimiz kerak
Foto: Akorda
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi oldida turgan vazifalar haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
"Nur Otan" partiyasi davlatning muhim siyosiy kuchiga aylandi, u siyosatni belgilamoqda. Partiya bizning barcha dasturlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etmoqda", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
Matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, Nursulton Nazarboyev barcha davlat hamda sohaviy dasturlarni sifatli amalga oshirish hamda bu boradagi nazoratni kuchaytirish muhimligini qayd etgan. Davlat rahbari milliy iqtisodiyot to‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitlariga moslashishi zarurligini ta'kidlagan.
"Agarda biz jahondagi taraqqiyotdan orqada qolishni istamasak, unda tezroq harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun bu yilgi murojaatnoma ham islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltirildi. Bizning avvalgi barcha dasturlarimiz shunga qaratilgandi. Gap ularning qanday ishlayotganida. Biz eksport mahsulotini ishlab chiqaradigan korxonalar qurishimiz darkor", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025