Airbus uchuvchisiz havo taksisining ilk sinovini o‘tkazdi
Airbus aviasozlik konserni Vahana loyihasi doirasida uchuvchisiz havo taksisi Alpha One’ning ilk sinovini o‘tkazdi. Kompaniya xabarida aytilishicha, qurilmaning sinovi 31 yanvarda o‘tkazilgan va muvaffaqiyatli yakunlangan.
Sinovlar Oregon shtatidagi aerodromda o‘tkazilgan. Birinchi parvoz 53 soniya davom etgan: qurilma 5 metr balandlikka ko‘tarilib, so‘ngra qo‘ngan. Keyingi kun qurilma bu harakatlarni yana takrorlagan.
Uzunligi 2,7 metr, eni 6,2 metr va balandligi 2,8 metr keladigan aerotaksi 745 kggacha yuk ko‘tara oladi. Vahana’ning ijrochi direktori Zak Loverding sinovlarning muvaffaqiyatli o‘tganini aerokoinot sohasi uchun katta yutuq deb atadi. Uning aytishicha, loyihani amalga oshirish 2 yil vaqt olgan.
Uchuvchisiz havo taksilarini yaratish bilan Germaniyaning Volocopter va Xitoyning Ehang kompaniyalari ham shug‘ullanadi. Bu kompaniyalar ham o‘z qurilmalarining ilk sinovlarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
20:39 / 15.06.2024
Boeing va Airbus samolyotlarida soxta sertifikatlangan qismlar ishlatilgan – OAV
11:26 / 25.04.2024
Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi
21:43 / 03.11.2023
O‘zbekiston 10 ta Airbus tibbiy vertolyotini sotib olishi mumkin
07:44 / 31.08.2023