Sport | 20:19 / 03.02.2018
10946
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Siti» mehmondagi ketma-ket uchinchi uchrashuvda ochko yo‘qotdi

Foto: Sky Sports

Angliya premer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda peshqadam «Manchester Siti» «Byornli» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Danilo Bernardu Silva tomonidan yetkazib berilgan to‘pni aniq zarba bilan Poup darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinning qolgan qismida «Siti»da juda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Rahim Sterlingning o‘zi ikki marta salkam bo‘sh darvozaga to‘p kirita olmadi.

Natijada «sen urmasang, senga urishadi» yozilmagan qoidasi amalga oshdi va 82-daqiqada Gudmundsson tomonidan kiritilgan gol «Byornli»ga o‘ta muhim bir ochkoni taqdim etdi. Bu natija bilan «Siti» ketma-ket uchinchi marta mehmonda kechayotgan uchrashuvlarda ochko yo‘qotdi. «Kristal Pelas» va «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda jamoa 1 ochko egasi bo‘lgandi. Ammo shunga qaramay jamoa 69 ochko to‘plab eng yaqin ta'qibchisini 16 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Angliya premer-ligasi, 26-tur

Bernli – Manchester Siti 1:1 (0:1)
Gollar: 
Gudmundsson (82) – Danilo (22).
Byornli: Poup, Mi, Long, Teylor, Bardsli (Louton, 46), Lennon, Xendrik, Gudmundsson, Kork, Barns, Vouks.
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Kompani, Danilo, Uoker, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Sterling (Brahim Dias, 74), Fernandino, Bernardu Silva, Aguero.
Ogohlantirishlar: Long (38), Kork (42), Gundo‘g‘an (64), Mi (73), Barns (90+3).

Mavzuga oid