Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev va Putin Sochidagi Suriya bo‘yicha «milliy muloqot»ni muhokama qildi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqotda Sochida o‘tkazilgan Suriyadagi milliy muloqot kongressini muhokama qildi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
«Ta'kidlandiki, Kongress davomida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi Suriyadagi vaziyatga BMT shafeligi ostida siyosiy yechim topish jarayoniga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi. Shu nuqtai nazardan, Ostona shaklida ishni davom ettirish zarurati borligi qayd etib o‘tildi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
08:33
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026