Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga tarixda ilk marta jahon chempionati Kubogi olib kelindi
Bugun, 6 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 2018 yilgi jahon chempionatining oltin kubogi bilan dunyoni aylanayotgan samolyot kelib qo‘ndi.
Jahon chempionati Kubogini O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari kutib olishdi.
Dunyo bo‘ylab turne doirasida ushbu kubokni Fransiya terma jamoasi bilan 1998 yilda jahon chempioni bo‘lgan Kristian Karambyo olib yuribdi.
Jahon chempionati Kubogini butun dunyo mamlakatlari bo‘ylab olib yurilishi ilk marta 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundialdan oldin kuzatilgandi.
Bu safar JCh Kubogi 9 oy davomida 90 ta shahar bo‘ylab olib o‘tilmoqda. Kubok mazkur turne doirasida jami 126 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Kubokning og‘irligi 6,175 kilogrammni tashkil etadi. Kubokka jahon chempionatida g‘alaba qozongan har bir mamlakatning nomi va g‘alaba qozongan yili o‘yib yozilgan.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
22:31 / 09.10.2025