Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 kunlik farzandini 4,6 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Bojxona boshqarmasi axborot xizmati
2017 yil 3 avgust kuni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida yaqindagina tug‘ilgan va shaxsini tasdiqlovchi birorta hujjati bo‘lmagan qizalog‘ini 5 mln. so‘mga sotayotgan paytda - jinoyat ustida qo‘lga olingan ayol haqida xabar berilgan edi.
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan Iymona ismli qizaloqning onasi S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi tomonidan ayolning chin ko‘ngildan pushaymonligi va mahallaning kafilligi ostida ushbu qizaloqni tarbiyalashiga sharoit yaratish maqsadida S.M. 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi bilan jazolandi.
Navoiy viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda shunga o‘xshash yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi.
Fuqaro B. o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro S. bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandidaga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:34 / 15.01.2026
Xatirchida 6 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:07 / 27.12.2025