Qirg‘izistonda ilk bor ayol kishi prezident matbuot kotibi bo‘ldi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tolgonay Stamaliyevani mamlakat prezidenti matbuot kotibi etib tayinlanishi haqidagi farmonni imzoladi. Stamaliyeva bungacha prezident apparati axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Stamaliyeva prezident matbuot kotibi bo‘lgan ilk ayol bo‘ldi.
Stamaliyeva 1975 yilda tug‘ilgan. 1998 yilda Qirg‘iziston davlat milliy universitetini “jurnalistika” ixtisosligi bo‘yicha yakunlagan.
Faoliyatini 1998 yilda “Kabar” milliy axborot agentligi muxbiri sifatida boshlagan. 2002 yildan boshlab turli davlat tuzilmalarida ishlagan va axborot ta'minoti bilan shug‘ullangan.
2016 yil 15 aprelda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati boshlig‘i etib tayinlangan. 2017 yil noyabridan Sooronbay Jeenbekov apparati axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024