Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tolgonay Stamaliyevani mamlakat prezidenti matbuot kotibi etib tayinlanişi haqidagi farmonni imzoladi. Stamaliyeva bungaça prezident apparati axborot siyosati bölimi boşliği bölib işlagan. Stamaliyeva prezident matbuot kotibi bölgan ilk ayol böldi.

Stamaliyeva 1975 yilda tuğilgan. 1998 yilda Qirğiziston davlat milliy universitetini “jurnalistika” ixtisosligi böyiça yakunlagan.     

Faoliyatini 1998 yilda “Kabar” milliy axborot agentligi muxbiri sifatida boşlagan. 2002 yildan boşlab turli davlat tuzilmalarida işlagan va axborot ta'minoti bilan şuğullangan.

2016 yil 15 aprelda Qirğiziston hukumati matbuot xizmati boşliği etib tayinlangan. 2017 yil noyabridan Sooronbay Jeenbekov apparati axborot siyosati bölimi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.