5,5 dyuymli ekranga ega smartfonlar eng xaridorgirlari ekanligi aniqlandi
Mobil telefonning o‘lchamlaridan undan bir qo‘l bilan foydalanishdagi qulaylikdan tortib ekran diagonaligacha deyarli barcha narsa bog‘liq. DeviceAtlas tahlilchilari 2017 yilda qanday o‘lchamdagi displeyli smartfonlar eng xaridorgir bo‘lganini aniqlashdi.
Buning uchun mutaxassislar biror davlatda bir yil ichida sotilgan barcha mobil qurilmalar ichidan muayyan diagonalli ekranga egalari miqdorini aniqlashdi.
Aniqlanishicha, dunyoda 5,5 dyuymli ekranga ega smartfonlar eng xaridorgir ekan. Bunday smartfonlar hissasiga Hindiston, Malayziya va Nigeriyada sotilgan barcha mobil qurilmalarning 25 foizi, AQSh, Misr va Avstraliyada 20 foizi, Yaponiya, Shvetsiya, Argentina va Ispaniyada 15 foizi to‘g‘ri kelar ekan.
2-o‘rinni 4 dyuymli displeylarga ega qurilmalar egalladi. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, bunday smartfonlar ulushiga Janubiy Afrika, Kanada va Buyuk Britaniyada sotilgan barcha mobil qurilmalarning 16 foizdan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Kolumbiya, Avstraliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya va AQShda sotilgan har o‘ninchi smartfon 4 dyuymli diagonalli ekranga ega.
Aniqlanishicha, 5,7 dyuymli displeyli smartfonlarga bozorda talab eng kam ekan, biroq ularga sekin-asta xaridorlar qiziqishi ortmoqda. Malayziyada 12 foizdan ko‘proq, Rossiya va Misrda 7 foizdan ko‘proq, AQSh, Nigeriya, Avstraliya, Shvetsiya va Kanadada 4 foizdan ko‘proq, Buyuk Britaniya va Italiyada 3 foizdan ko‘proq xaridorlar bunday o‘lchamdagi smartfonlarni xarid qilishgan.
Mavzuga oid
22:19 / 24.12.2022
Google smartfonlari 2022 yilning eng yaxshilari deb topildi
11:06 / 13.09.2020
«Chin mo‘jizasi» turkumidan: Xitoy kompaniyalari so‘nggi o‘n yilda smartfonlar bozorini qanday zabt etdi?
23:30 / 23.12.2019
Samsung va Apple smartfonlari sog‘liq uchun xavfli deb topildi
21:49 / 01.11.2019