«Çin möjizasi» turkumidan: Xitoy kompaniyalari sönggi ön yilda smartfonlar bozorini qanday zabt etdi?
|16:06 / 13.09.202026 79820 min
Foto: mydriversFoto: mydrivers
Ötgan asrning sönggi ön yilligi va yangi asrning dastlabki ön yilligi tom ma'noda möjizalarga boy davr böldi. Internet kaşf etilişi, mobil aloqaning keskin taraqqiy etişi, undan söng smartfonlar evolyutsiyasi dunyoni keskin özgartirib yubordi. Ayniqsa, smartfonlar paydo bölişi va ommalaşişi fan-texnika sohasida jiddiy inqiloblarni amalga oşirdi. Endi, odamlar uydan çiqmagan holda smartfon yordamida aksariyat yumuşlarini bajara oladi. Töğri, internet yordamida uyda ötirib smartfon yordamida bajariladigan işlarni kompyuter yoki noutbukda ham bajarsa böladi. Lekin bunda smartfonlar öz qulayligi bilan kompyuterlar va noutbuklardan ança afzal hisoblanadi. Axir uni çöntakka ham solib ketaversa böladida!
Smartfonlar tarixi
Smartfon sözi inglizça smartphone sözidan olingan bölib, u «aqlli telefon» ma'nosini beradi. Bu terminni ilk marta mobil telefonlar işlab çiqaradigan Ericsson kompaniyasi muomalaga kiritgan. Kompaniya 2000 yilda yangi Ericsson R380s modelini işlab çiqara boşlaydi va uni «smartfon» deb ataydi. Bu model öşa paytda eng ixçam uyali aloqa vositasi edi. Boşqalar işlab çiqarayotgan mobil qurilmalar «yarimta ğişt» şaklida va oğirligi ham salmoqli bölganda, uşbu qurilmaning oğirligi «atigi» 164 gramm bölgan. Işlab çiqaruvçilar bu qurilmani smartfon deb ataşgani bilan u oddiy mobil telefonlardan atigi 2-3ta oşiqça funksiyasi bilan ajralib turgan, xolos.
Şundan söng, uyali aloqa vositasi işlab çiqaradigan kompaniyalar özlari işlab çiqarayotgan mobil telefonlarni mukammallaştiriş yölida «poyga boşlaşdi». 2001 yilda Nokia kompaniyasi Nokia 9210 modelini, biroz ötib Nokia 7650 modelini işlab çiqara boşladi. 2002 yildan poygaga Microsoft, Siemens, şuningdek, ikki kompaniya qöşilişi natijasida paydo bölgan Sony Ericsson va yana bir qator kompaniyalar qöşildi. Keyinroq mobil qurilmalar işlab çiqariş bozoriga asta-sekinlik bilan Xitoy kompaniyalari ham kirib kela boşladi.
Smartfonlar bozorida inqilob yuz berişi
2007 yilda Apple kompaniyasi özining ilk iPhone smartfonlarini sotuvga çiqaradi. Uşbu qurilma öşa paytda smartfonlar bozorida juda katta şov-şuvga sabab böladi va mahsulotlar muvaffaqiyat bilan sotiladi. Öşa yilda Google kompaniyasi Linux yadrosi bilan dastlabki Android platformasini yaratadi. 2008 yilda Apple kompaniyasi iPhone 3G qurilmasini işlab çiqarişni boşlaydi. Bu qurilma dunyoning 70ga yaqin mamlakati bozorlarida katta muvaffaqiyatga erişadi. Aynan şu model tufayli Apple kompaniyasi öşa yili dunyo mobil qurilmalar savdosida 5 foizlik ösiş qayd etadi.
Mavzuga oid
T-Mobile G1 / Photo:Angela Lang/CNET
2008 yilda Android bazasida ilk smartfon — T-Mobile G1 (HTC Dream) işlab çiqarila boşlanadi. Şundan söng, oradan biroz ötib, 2009 yilda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Android bazasida Samsung Galaxy (GT-I7500) rusumidagi ilk smartfonlarini işlab çiqara boşlaydi. Samsung Galaxy nomi ostida işlab çiqarilgan turli modellardagi telefonlar mobil qurilmalar bozorida iPhone smartfonlaridan söng ikkinçi inqilobga sabab böladi. Şu tariqa, smartfonlar bozorida Apple va Samsung kim özarga poyga boşlaydi. Öşa paytda, bir kun kelib Xitoy kompaniyalari bu ikki taniqli kompaniya uçun smartfon bozorida jiddiy raqobat tuğdirişini heç kim taxmin ham qilmasdi.
Öşanda Apple va Samsung kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan sifatli smartfonlar mobil qurilmalar bozorida uzoq yillar gegemonlik qilgan Finlyandiyaning Nokia kompaniyasini tom ma'noda «sindirgandi». Nokia özi işlab çiqarayotgan smartfonlarni yangilaş va ularni Apple va Samsung kompaniyalari taqdim etayotgan smartfonlar darajasida taqdim etiş işlarini ortga surib yubordi va şu tufayli bozordagi mavqeyini AQŞ va Janubiy Koreya kompaniyalari foydasiga yöqotdi.
Raqobatga Xitoy smartfonlari ham qöşilişi
2007 yilda Apple iPhone smartfonlarini, 2009 yilda Samsung Galaxy smartfonlarini bozorga çiqarar ekan, Xitoy kompaniyalari ham qöl qovuştirib ötirmasdan smartfon işlab çiqarişni boşlab yuboradi va dunyoning asosiy ikki kompaniyasi bilan raqobatga kirişadi. Ular orasida Lenovo, Huawei, ZTE, Xiaomi, HTC kabi kompaniyalar bor edi. Avvaliga Xitoyda işlab çiqarilgan smartfonlarning sifati ança past edi. Bir muddatdan söng ularda turli muammolar paydo bölar va tez işdan çiqardi. Şunday bölsa ham Xitoy kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilayotgan smartfonlar juda arzonligi uçun ular dunyo bozorini asta-sekinlik bilan egallay boşladi. Sifat darajasi ham yildan yilga yaxşilanib boraverdi.
2011 yilning 3-çoragida Xitoy ilk marta AQŞni quvib ötib, dunyoda eng köp smartfon işlab çiqarib sotgan birinçi örindagi davlat böldi. Şunisi e'tiborliki, AQŞda işlab çiqarilgan smartfonlar dunyo böylab sotilgan bölsa, Xitoy smartfonlari asosan Xitoyning özida sotilgan. 2011 yilda dunyo bozorida AQŞda işlab çiqarilgan smartfonlardan 23 million dona sotilgan bölsa, Xitoyda işlab çiqarilgan 24 million dona smartfon sotilgan. Öşa yili AQŞda smartfonlar savdosi 7 foizga kamaygan bölsa, Xitoyda 58 foizga (!) oşgan.
2012 yilda dunyo böylab 1,5 milliard dona telefon qurilmalari sotiladi va ulardan 990 million donasini smartfonlar taşkil etadi.
2013 yilda dunyo böylab sotilgan smartfonlar soni ilk marta milliard donadan oşadi. Umumiy savdolarda 313,9 million dona smartfon sotgan Samsung kompaniyasi birinçi örinni oladi. Ikkinçi örinda 153,4 million dona smartfon sotgan Apple kompaniyasi egallaydi. Uçinçi örinni 48,8 million dona smartfon sotgan Xitoyning Huawei kompaniyasi band etadi. Törtinçi örinda 47,7 million dona smartfon sotgan Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi joylaşgan bölsa, beşinçi örinda 45,5 million dona smartfon sotgan Lenovo (bu ham Xitoyniki) kompaniyasi qayd etilgan.
2014 yilga kelib Xitoy kompaniyalari smartfonlar bozorida öz örnini yanada mustahkamlay boşlaydi. Masalan, birgina Huawei kompaniyasi smartfon işlab çiqariş körsatkiçlarini 2013 yildagiga qaraganda 50 foizga oşiradi va 2014 yilda 75 million dona smartfon işlab çiqaradi. Yoş kompaniyalar orasida Xiaomi 2014 yilda 17 milliontadan oşiq smartfon işlab çiqarib, eng yaxşi körsatkiçga ega böladi. Bu 2013 yilda işlab çiqarilgan smartfonlarga nisbatan uç barobar köp edi. Xiaomi 2013 yilda smartfon bozorida 2,1 foiz uluşga ega bölgan bölsa, 2014 yilda 5,3 foiz uluşga ega böladi.
2015 yilda jahon böylab smartfon işlab çiqariş 2014 yildagiga nisbatan 10,3 foizga ortadi va yil davomida 1,3 milliard dona smartfon işlab çiqariladi. Şundan 40 foizini Xitoy kompaniyalarida işlab çiqarilgan smartfonlar taşkil etadi. Öşa yili Xitoy kompaniyalari jami 539 million dona smartfon işlab çiqargan. Apple va Samsung kompaniyalari körsatkiçi esa 547 million donaga teng bölgan.
2015 yilga kelib dunyodagi smartfon işlab çiqaruvçi yetakçi önta kompaniyaning yettitasi Xitoy kompaniyalari edi. Öşanda yil davomida 108 million dona smartfon işlab çiqargan Huawei kompaniyasi Xitoy kompaniyalari orasida yetakçi böladi. Samsung kompaniyasi esa aksinça 2014 yildagiga qaraganda 1,8 foiz kam smartfon işlab çiqaradi va uning jahon bozoridagi uluşi 28 foizdan 25 foizga tuşadi.
2016 yilda dunyo böylab 1,36 milliard dona smartfon işlab çiqariladi. Şundan 629 million donasi Xitoy kompaniyalari hissasiga töğri keladi va bozorda Xitoy kompaniyalari uluşi 46 foizga yetadi. Samsung va Apple kompaniyalari esa jami bölib 519 million dona smartfon işlab çiqargandi. Bu kompaniyalarning bozordagi uluşi yanada kamayadi: janubiy koreyaliklar 22,8 foiz, amerikaliklar esa 15,3 foiz uluşga ega edi.
2017 yilda Xitoy kompaniyalari işlab çiqariş quvvatini yanada oşiradi. Öşa yili jahon böylab 1,46 milliard dona smartfon işlab çiqariladi. Kompaniyalar orasida eng yaxşi natija Xiaomi tomonidan qayd etiladi. Kompaniyaning ösiş körsatkiçi 2016 yildagiga qaraganda 76 foizga oşgandi. Uşbu kompaniyada işlab çiqarilgan Redmi Note modelidagi qurilma juda muvaffaqiyatli çiqadi. Şuningdek, Xitoyning yana ikkita komaniyasi Oppo va Vivo ham öz işlab çiqariş sur'atlarini 17,8 va 19,5 foizga oşiradi.
2018 yilda dunyo böylab 1,41 milliard dona smartfon işlab çiqariladi. Dunyo smartfon bozorida yetakçi örinlarni egallaydigan tört kompaniyasi Huawei, Oppo, Vivo va Xiaomi 2018 yilda dunyo smartfon bozorida jami 69 foiz uluşga ega edi (2017 yilda 63 foiz). Öşa yili Xitoyda salkam 1 milliard dona smartfon işlab çiqarilgan. Çin yurtida eng köp smartfonni Huawei 206 million dona, Xiaomi 122,6 million dona, Oppo 113,1 million dona işlab çiqaradi.
2019 yilda Huawei kompaniyasi dunyo böylab smartfonlar işlab çiqariş va sotiş körsatkiçi böyiça ilk marta Apple kompaniyasini quvib ötib, Samsung kompaniyasidan söng ikkinçi örinni egalladi. 2019 yilda Samsung jami 295,7 million dona smartfon işlab çiqardi va dunyo smartfon bozorida 20 foiz uluşga ega böladi. Huawei 240,6 million dona smartfon işlab çiqarib 17,6 foiz uluşga egalik qiladi. Apple esa 191 million dona smartfon işlab çiqargandi - 13,9 foizlik uluş. Törtinçi öringa Xitoyning yana bir kompaniyasi Xiaomi joylaşdi. Bu kompaniya 2019 yilda 125,6 million dona smartfon işlab çiqarib sotgan va bozorning 9,2 foiz uluşiga ega bölgan.
Soha mutaxassislarining taxminlariga köra, yaqin yillarda Xitoy kompaniyalari nafaqat smartfonlar, balki boşqa mobil qurilmalar işlab çiqarişda ham Apple va Samsung kompaniyalarini bozordan batamom siqib çiqaradi.
Xitoyning eng köp smartfon işlab çiqarayotgan kompaniyalari
Xiaomi boş direktori Ley Jun kompaniya flagman smartfonlari - 5G Mi 10 va Mi 10 Pro taqdimotida. Pekin, 2020 yil 13 fevral.
Alkatel OneTouch
2013 yilda Xitoy kompaniyasi fransuzlardan TCL kompaniyasini sotib oldi va uni Alkatel OneTouch deb qayta atadi. Öşandan beri bu kompaniya ham smartfon işlab çiqariş körsatkiçlarini davomli ravişda oşirib kelmoqda. Bugun uşbu kompaniyada smartfon işlab çiqarişda dunyoda öninçi, Xitoyda esa yettinçi örinni egallaydi. Kompaniya 2014 yilda AQŞ va Kanadada ommabop bölgan Palm brendini sotib oladi va 2018 yildan şu brend ostida ham smartfonlar işlab çiqara boşladi.
Coolpad
Uşbu kompaniya 1993 yildan beri faoliyat yuritadi. Kompaniya smartfonlari asosan içki bozorda sotiladi. U Xitoyda sotilayotgan smartfonlar körsatkiçi böyiça Xioami va Lenovo kompaniyalaridan keyin uçinçi örinda turadi. Bu kompaniya mahsulotlari Yevropada ham muvaffaqiyatli sotilmoqda.
Gionee
Sönggi yillarda uşbu kompaniya yiliga 25 million donadan smartfon işlab çiqarib sotişga erişgan. Albatta, yiliga 400 million dona smartfon işlab çiqarib sotayotgan Samsung kompaniyasi oldida bu kompaniya ança kamtar körinadi. Ammo kompaniya ösişdan töxtab qolmayapti va keyingi yilda smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalar orasida kuçli beşlikka kirişni maqsad qilgan. Kompaniya sönggi yillarda Xitoydan taşqari Hindiston bozorining ham ança qismini egallaşga muvaffaq böldi.
Huawei
Uşbu kompaniya bir neça yil davomida smartfon işlab çiqariş va sotiş böyiçaSamsung va Apple kompaniyalaridan söng uçinçi örinda bölib keldi. 2019 yilga kelib vaziyat özgardi va kompaniya smartfon işlab çiqarib sotiş böyiça ilk marta Apple kompaniyasini ortda qoldirib ikkinçi öringa kötarildi. Joriy yilning ikkinçi çoragi hisobotiga köra ham kompaniya smartfonlar savdosi böyiça Samsung kompaniyasini ortda qoldirib, dunyoda birinçi öringa çiqdi. Kompaniya oxirgi yillarda G5 tizimida işlaydigan smartfonlar işlab çiqarişga ham katta e'tibor beryapti.
Lenovo
Uşbu kompaniya 1983 yilda boşqa nom ostida tuzilgan va 2003 yilda hozirgi nomini olgan. Kompaniya uzoq yillar şaxsiy kompyuterlar va noutbuklar işlab çiqarişda yetakçi kompaniyalardan biri bölib kelmoqda. 2013 yilda kompaniya smartfon işlab çiqarişni boşladi va 2014 yilda AQŞning Google konsernidan Motorola kompaniyasini 2,9 milliard dollarga xarid qiladi. Şundan söng smartfon işlab çiqarişni kengaytirgan kompaniya bugun smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalar orasida 9-örinni egallaydi.
OnePlus
Uşbu kompaniyani 2013 yilda Xitoyning yana bir taniqli Oppo kompaniyasida vitse-prezident bölib işlagan Pit Lau tomonidan taşkil etilgan. Kompaniya qisqa vaqt mobaynida smartfonlar bozorida öz örniga ega böldi. Uşbu kompaniya ham nafaqat Xitoy bozorida, balki Hindiston bozorida ham ança maşhur. Şuningdek uşbu kompaniya mahsulotlari AQŞda ham maşhur bölib bormoqda. Uşbu kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan OnePlus 7 Pro smartfoni 2020 yilda işlab çiqarilayotgan eng yaxşi 7ta smartfoni röyxatidan joy oldi.
Oppo
Uşbu kompaniya ham nisbatan ança yoş hisoblanadi. U 2001 yilda taşkil etilgan. 2011 yilda kompaniya özining ilk smartfonlarini işlab çiqara boşlagan. 2019 yilda kompaniya umumiy bozorda 120,2 million dona smartfon sotib beşinçi örinni egalladi. 2013 yilda kompaniya xalqaro bozorga çiqqan. Joriy yilda kompaniya 5G tarmoğini rivojlantiriş uçun Yevropadagi eng yirik uyali aloqa kompaniyalaridan biri bölgan Vodafone kompaniyasi bilan özaro hamkorlik haqida şartnoma imzoladi.
Tecno
Uşbu kompaniya ham nisbatan yoş kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 2006 yilda taşkil etilgan. Barça kompaniyalar dunyoning rivojlangan davlatlaridagi bozorlarni egallaş payida bölganida Tecno ulardan farqli ravişda 2008 yilda Afrika bozorini egalaşga kirişadi. 2012 yilda ilk smartfonni işlab çiqargan kompaniya mahsulotlari bugun Xitoydan köra Afrikada, şuningdek Hindiston, Pokiston va Bangladeş kabi mamlakatlarda maşhurroq. Darvoqe, TECNO Mobile Angliyaning «Mançester Siti» jamoasi bilan özaro hamkorlik memorandumi imzolagan. Kompaniya bugun smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalar öntaligidan örin olgan.
Xiaomi
Uşbu kompaniya 2010 yilda iş boşlaganiga qaramasdan, bugun nafaqat Xitoyda, balki jahonda smartfon işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Xiaomi’ning qisqa muddatda juda tez suratlar bilan muvaffaqiyat qozonişida kompaniyaga 2013 yilda Google Android’ning sobiq vitse-prezidenti Hyugo Barra taklif etilişi bölgan. Braziliyalik mutaxassis 2017 yilgaça Xiaomi’ning Xitoy va butun Osiyo uçun mahsulot işlab çiqaradigan bölimini boşqargan. Bugun Xiaomi öz mahsulotlarini butun dunyo böylab sotyapti. Kompaniya yildan yilga işlab çiqariş quvvatini va jahon smartfon bozoridagi uluşini köpaytirib bormoqda. Kompaniya 2019 yil körsatkiçlariga köra dunyodagi smartfon işlab çiqaruvçi va sotuvçi kompaniyalar orasida törtinçi örinni egallagan.
ZTE
Uşbu kompaniya AQŞga smartfon yetkazib beradigan kompaniyalar orasida 4-örinda turadi. 2016 yilda kompaniya smartfon işlab çiqariş va sotiş körsatkiçlari böyiça Xitoyda 5-örinda, dunyo böyiça esa 8-örinni egallagan.
Yuqoridagi kompaniyalar nafaqat Xitoyda, balki dunyo smartfon bozorida yuqori örinlarda turuvçi kompaniyalar hisoblanadi. Ulardan taşqari Xitoyda yana köplab örta va kiçik kompaniyalar smartfon işlab çiqaryapti. Mutaxassislarning taxminlariga köra, Xitoy yaqin yillarda dunyo smartfon bozorida mutlaq yetakçilik qila boşlaydi. Bunda sönggi yillarda taşkil etilgan va bugun smartfon bozorida öz örnini topişga urinayotgan yangi kompaniyalarning ham hissasi katta böladi.
Ular safiga Vivo, Meizu, Umi, Elephone, Smartisan, Mlais, No.1 kabi kompaniyalarni qöşiş mumkin.
2020 yil körsatkiçlari
2020 yilning birinçi çoragida koronavirus tarqalişi ortidan e'lon qilingan karantin tufayli dunyo böylab boşqa sohalarda bölgani kabi smartfonlar savdosida ham keskin pasayiş kuzatildi. 2019 yilning birinçi çoragida dunyo böylab 330,4 million dona smartfon sotilgan bölsa, joriy yilda 299,1 million dona smartfon sotilgan. Xitoylik smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalar bu yil ham Samsung va Apple kompaniyalari bilan jiddiy raqobat qilmoqda. Joriy yilning birinçi çoragida Samsung dunyo böylab jami 58,3 million dona smartfon sotgan va umumiy bozorning 21 foiz uluşiga ega bölgan. Ikkinçi örinni Huawei egallagan. Uşbu kompaniya 2020 yilning birinçi çoragida dunyo böylab jami 48,5 million dona smartfon sotgan (18 foizlik uluş). Uçinçi örinda Apple joylaşgan. Kompaniya 39,2 millon dona smartfon sotişga muvaffaq bölgan (14 foizlik uluş). Keyingi örinni Xiaomi egallagan - kompaniya dunyo böylab 27,5 million dona smartfon sotişga erişgan. Qiziği, uşbu kompaniya 2019 yilning birinçi çoragida ham 27,5 million dona smartfon sotgan va umumiy bozorda 8,3 foiz uluşga ega bölgandi. Bu yil boşqalarning natijasi pasayişi hisobiga bozordagi uluş 10 foizga çiqqan. Röyxatda beşinçi örinni Xitoyning yana bir kompaniyasi OPPO egallagan. Bu kompaniya 2020 yilning birinçi çoragida dunyo böylab 22,6 million dona smartfon sotişga erişgan va umumiy bozorning 8,2 foiziga egalik qilgan.
2020 yilning ikkinçi çoragida Huawei smartfonlar bozorida birinçi öringa kötarildi. Kompaniya ikkinçi çorakda 58,8 million dona smartfon sotgan – bu bozordagi uluşning 20 foiziga teng. Ikkinçi örinda 53,7 million dona smartfon sotgan Samsung (bozor uluşining qariyb 20 foizi) joylaşgan. Keyingi örinlarda Apple 37,5 million dona (14 foizlik uluş), Xiaomi 26,5 million dona (10 foizlik uluş) va OPPO 24,5 million dona (9 foizlik uluş) smartfon sotgan.
Kelajakda...
Soha mutaxassislarining taxminlariga köra, yaqin kelajakda Xitoy kompaniyalari smartfon bozorining 80 foiz uluşini egallaşi mumkin. Qolgan 20 foizlik uluş Samsung va Apple kompaniyalari örtasida taqsimlanadi. Bunday taxmin bildirilişiga sabab şuki, Xitoyda işçi kuçi arzonligi tufayli bu mamlakatda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga nisbatan 2-3 barobar arzon böladi. Buning ustiga Xitoyning özi ham qariyb 1,4 milliard aholisi bilan ulkan bozor hisoblanadi. Qolaversa, Xitoy kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilayotgan smartfonlarning sifati yildan yilga yaxşilanib boryapti. Şu omillar hisobiga bundan buyoğiga ham Xitoy kompaniyalarining smartfon işlab çiqariş va sotiş körsatkilari yanada oşib boraverişi, Samsung va Apple kompaniyalarida esa, aksinça işlab çiqariş körsatkiçlari pasayib ketaverişi taxmin qilinmoqda. Töğri, Samsung va Apple kompaniyalari ham öz işlab çiqariş korxonalarini işçi kuçi arzon bölgan mamlakatlarga köçirişi mumkin. Ammo, baribir narx masalasida ular Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlaşa olmaydi.
Xulosa
Bir paytlar mobil qurilmalar bozorida Nokia gegemonlik qilib yurganida heç kim oradan bir neça yil ötib bu sohada Xitoy kompaniyalari yetakçi örinlarga çiqişini taxmin ham qilmagan. Dunyoda iqtisodiy rivojlangan davlatlar köp. Ammo ular orasida faqat Xitoy tadbirkorlari kelajakni öz vaqtida köra olişdi va mobil qurilmalari, jumladan smartfon işlab çiqariş uçun öz sarmoyalarini tikişdi. Bugun öşa sarmoyalar özini oqlayapti va natijada Xitoy kompaniyalari smartfon bozorida yetakçilikni qölga olişdi. 7 milliarddan oşiq aholi yaşaydigan Yer yuzida insonlar uçun muhim bölgan smartfonlarning asosiy qismining Xitoyda işlab çiqarilişining özi ham Xitoy möjizalaridan biri hisoblanadi. Nima dedingiz?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi