O‘zbekiston | 23:00 / 12.02.2018
42203
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqqa yangi hokim tayinlandi

12 fevral kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani kengashining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. «Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, G‘ayrat G‘ulomjonovich Madaminov tumanning yangi hokimi etib tayinlangan.

Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimi shu yil yanvar oyi boshidan buyon bo‘sh turgandi. 5 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tuman hokimi Baxtiyor Sultonovni o‘zidan kutilgan faoliyatni ko‘rsata olmagani uchun ishdan bo‘shatgandi.

Mavzuga oid